Amerikalik kinorejissyor va ssenariynavis, mualliflik kinosining eng muhim klassiklaridan biri, «Oskar» mukofoti laureati Devid Linç 79 yoşida vafot etdi. Uning ölimi haqida 16 yanvar, payşanba kuni rejissyorning yaqinlari Facebookʼda ma’lum qildi. «Biz, uning oilasi, inson va rassom Devid Linçning vafot etganini katta qayğu bilan e’lon qilamiz... Endi u biz bilan emas, dunyoda katta böşliq paydo böldi», — deyiladi postda.
2024 yil avgust oyida Linç jurnalistlarga surunkali kasallik — öpka emfizemasi taşxisi qöyilganini aytdi.
Linç öz faoliyatini animatsion filmlar rassomi sifatida boşlagan. 1976 yilda uning töliq metrajli debyuti çiqdi — syurrealistik film tezda ommalaşdi. Linçning 1980 yilda suratga olingan «Fil odam» filmi sakkizta «Oskar» nominatsiyasiga sazovor bölgan. Rejissyorning eng maşhur işlari qatoriga «Moviy baxmal», «Heç qayerga olib bormaydigan şosse», «Yurakda yovvoyilar» va «Malxolland Drayv» filmlari hamda «Tvin Piks» seriali kiradi.
Devid Linç — Kann kinofestivalining «Oltin palma yaproği» (2001) va Venetsiya kinofestivalining faxriy «Oltin şer» (2006) laureati. U uç marta «Eng yaxşi rejissyor» nominatsiyasida «Oskar»ga da’vogarlik qilgan. 2019 yilda Linç kinodagi buyuk yutuqlari uçun «Oskar» bilan taqdirlandi.












