Eng boy marhum maşhurlar reytingida Maykl Jyekson boşçilik qilmoqda. U ketma-ket törtinçi yil şunday reytingda birinçi böldi. Bu haqda Forbes ma'lumotlarida keltirilgan.

Naşr xodimlarining hisoblaşiça, 2009 yili vafot etgan "pop qiroli"ning merosi keltirgan daromad 2016 yilning 1 oktabri holatiga köra, 825 mln dollarni taşkil qilgan. Daromadning aksar qismi - 750 mln dollar Jyekson asosiy uluşga egalik qilgan Sony/ATV ovoz yoziş kompaniyasidan kelgan.

Ikkinçi örinda 2000 yili vafot etgan amerikalik rassom-karikaturaçi Çarlz Şults (Peanuts va Snupi haqidagi komikslar muallifi) qayd etilgan. Uning daromadi 48 mln dollarni taşkil qilgan.

Uçinçi poğonada şu yilning sentabrida olamdan ötgan professional golfçi Arnold Palmer qayd etildi. Uning natijasi 40 mln dollar.

Törtinçi örinda esa 1977 yili vafot etgan Elvis Presli (27 million dollar) nomi joylaşgan.

Kuçli beşlikni 25 million dollar "işlab topgan" qöşiqçi va kompozitor Prints (Prins Rodjyers Nelson) yakunlab bergan.

Reytingga şuningdek musiqaçi Bob Marli (1981 yili vafot etgan, 21 mln dollar) hamda qöşiqçi Devid Boui (şu yilning yanvarida vafot etgan, 10,5 mln dollar) nomlari kiritilgan.