Jahon | 19:15 / 14.08.2017
13773
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev KXDRga raketa texnologiyalari berilgani haqidagi xabarni izohladi

Foto: AP

Ukraina milliy xavfsizlik xizmati kotibi Aleksandr Turchinovning ma'lum qilishicha, mamlakat mudofaa va aviafazoviy majmualari Shimoliy Koreyaga qurol va harbiy texnologiyalarni yetkazib bermagan. Bu haqda kuch mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq NYT KXDR raketalari uchun dvigatellar Ukrainadan olingan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba'zi xorijiy OAV “Yujmash”ning raketa texnologiyalari Shimoliy Koreyaga berilgani bo‘yicha yolg‘on ma'lumot tarqatishni boshladi.

Turchinovning so‘zlariga ko‘ra, bu ma'lumot hech qanday asosga ega emas, hamda aftidan, “rus maxsus xizmatlari tomonidan qo‘zg‘atilgan”.

Uning ta'kidlashicha, Ukraina KXDRdagi hukmron rejimni “totalitar, xavfli, deb hisoblaydi hamda bu davlatga qarshi barcha sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid