Jahon | 15:27 / 14.08.2017
12534
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada teraktlar sodir etishni rejalashtirgan IShID jangarilari ushlandi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Moskvadagi transport obektlari va yirik savdo maydonlarida portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan terrorchilik guruhi a'zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

«Moskva mintaqasida kishilar gavjum bo‘ladigan joylarda teraktlar seriyasini amalga oshirish niyatida bo‘lgan terrorchilik guruhining faoliyatiga chek qo‘yildi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, portlashlar xudkush terrorchilar yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, amaliyot davomida terrorchilik guruhi a'zolari, jumladan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha kurator – IShID emissari, portlovchi qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha mutaxassis, shuningdek, ikki xudkush terrorchi qo‘lga olingan.

Avvalroq Moskva viloyatida teraktga tayyorgarlik ko‘rgan markaziy osiyolik ikki shaxs qo‘lga olingani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid