Jahon | 10:47 / 14.08.2017
6317
2 daqiqa o‘qiladi

Tillerson va Mettis: Vashington Pxenyan bilan muloqot o‘tkazishga tayyor

Vashington Pxenyan bilan muloqot o‘tkazishga tayyor, rejimni o‘zgartirishdan manfaatdor emas, biroq Shimoliy Koreya muammosini hal qilishga qaratilgan diplomatik vositalar “harbiy variantlar” bilan to‘ldirilgan, deyiladi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning WSJ gazetasida e'lon qilingan qo‘shma maqolasida.

KXDR BMT sanksiyalariga qaramay, AQShdan himoya bahonasida raketa sinovlari o‘tkazishni to‘xtatmayapti. O‘tgan hafta Pxenyan va Vashington bir-biriga qator tahdidlar qildi.

Diplomatiya va harbiy mahkama rahbarlari maqolasida ta'kidlanishicha, AQSh tomonidan “tinch bosim kampaniyasining” maqsadi – KXDRni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish. “AQSh rejimni o‘zgartirish yoki ikki Koreyani tezkorlik bilan birlashtirishdan manfaatdor emas”, - deya ma'lum qilishgan Tillerson hamda Mettis.

Ularning qayd etishicha, AQShning diplomatik yondashuvini boshqa davlatlar, xususan Xitoy ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Tillerson va Mettisning so‘zlariga ko‘ra, “diplomatiya biz uchun KXDR harakatlarini o‘zgartirishda bosh vosita, u harbiy variantlar bilan ham to‘ldirilgan”.

Maqolada aytilishicha, “AQSh Pxenyan bilan muzokaralarga tayyor”, biroq Pxenyandan fitna harakatlari, xususan, raketa sinovlari darhol to‘xtatilishini kutmoqda. Ularning qo‘shimcha qilishicha, “endi Shimoliy Koreya tanlov oldida qolgan” – tinchlik, farovonlik va xalqaro hurmat yoki urush holati, qashshoqlik va izolyatsiya.

Avvalroq KXDR hukumati Pxenyanga o‘z elchilarini favqulodda chaqirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid