Jahon | 08:35 / 15.08.2017
4862
1 daqiqa o‘qiladi
BMTning Malidagi bazasiga hujum uyushtirildi, qurbonlar bor
BMT missiyasining Malining Timbuktu shahrida joylashgan bazasiga qurolli hujum uyushtirildi. Natijada kamida yetti nafar qo‘riqchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ta'kidlanishicha, yana yetti kishi jarohat olgan.
BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Haq esa BMTning Malidagi missiyasi ikkita bazasiga qurolli hujum natijasida to‘rt kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi hujum Douentsadagi lagerga amalga oshirilgan bo‘lsa, ikkinchisi – BMT missiyasining Timbuktudagi bazasiga uyushtirilgan.
Mavzuga oid
10:40
Isroil BMT maktabi va G‘azoning Rafah shahriga hujum qildi, 21 falastinlik halok bo‘ldi
14:20 / 19.10.2024
BMT: Isroil hujumlari Falastin iqtisodiyotining misli ko‘rilmagan qisqarishiga olib keldi
14:00 / 19.10.2024
BMT: dunyoda 1,1 mlrd kishi o‘ta qashshoqlikda yashayapti
10:30 / 17.10.2024