Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iTunes’da antiqa «qo‘shiq» ommalashmoqda
Foto: AFP
Amerikaning iTunes chartida «A a a a a Very Good Song» kompozitsiyasi ommalashmoqda. Shunisi qiziqki, u o‘n daqiqalik sukunatdan iborat. Bu haqda Independent xabar berdi.
Foydalanuvchi Samir Mezraxiy ushbu kompozitsiyani 7 avgust kuni chiqardi. Shu tariqa, u Apple iTunes foydalanuvchilari to‘qnash keluvchi muammolardan birini hal qilish niyatida.
Ta'kidlanishicha, iPhone avtomobildagi stereotizimga ulansa, alifbo bo‘yicha ro‘yxatdagi birinchi qo‘shiq avtomatik tarzda qo‘yiladi, shu sababdan foydalanuvchi har doim musiqani bitta qo‘shiqdan tinglashni boshlashga majbur.
Mezraxiyning kompozitsiyasi ayni damda Amerika chartida 79-o‘rinda joylashgan. Uning iTunes’dagi qiymati 1,02 dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:02 / 08.05.2026
Apple golografik displeyli iPhone ishlab chiqmoqda
23:34 / 18.04.2026
2026 yil birinchi choragidagi eng yaxshi smartfonlar ma’lum qilindi
21:07 / 06.04.2026
Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshladi
22:08 / 24.03.2026