Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya Sladkoye ko‘lini «sovg‘a qilgani»ni inkor etdi
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakov ma'lum qildiki, Sladkoye ko‘lini Rossiyaning Qozog‘istonga «sovg‘asi» deb atash to‘g‘ri emas. Bu haqda Tengrinews xabarida yozilgan.
«Aytish kerakki, bu ko‘l Qozog‘istonga o‘tishi Rossiyaning «sovg‘asi» deyish to‘g‘ri emas. Chunki, bu ko‘lning asosiy qismi avvaldan Qozog‘iston Respublikasi hududida joylashgandi», — deya qayd etgan u.
Jaynakovning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi chegara chiziqlari 2005 yil 18 yanvaridagi kelishuvda o‘rnatilgandi.
Uning qayd etishicha, chegaradagi bu hududda «Qozog‘iston va Rossiya tomonlari kelishuvi bo‘yicha chegara belgilari o‘rnatilgan», shu tufayli ayni vaqtda «hech qanday almashuv» ro‘y bermadi.
Bugun Rossiya Novosibirskda joylashgan ko‘lni to‘lig‘icha Qozog‘istonga bergani haqida xabar qilingandi.
Ov mavsumida mazkur ko‘lga mahalliy aholi va Novosibirsk hamda Omskdan tez-tez mehmonlar kelib turgan.
«Bu ko‘lda baliq yo‘q, shunchaki tabiatni bezab turibdi. Tumanimizda Gorkoye ko‘li bor – u foydali. Sladkoye ko‘li esa yarim ko‘l, yarim botqoq. U iqtisodiy jihatdan hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi», deya ta'kidlagan tuman ma'muriyati rahbari Vladimir Shubnikov.
Ko‘l Kupino tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ko‘l yuzasi maydoni 45 gektardan iborat. Ilgari Rossiya hisobiga uning 14 gektari to‘g‘ri kelardi.
Mavzuga oid
22:05 / 24.04.2026
Rossiyaning Novosibirsk shahridan o‘zbekistonlik 7 nafar bola vatanga qaytarildi
12:33 / 21.03.2026
Sibirda qoramollar so‘yilishi: hokimiyat so‘nggi reyd haqida ma’lum qildi
15:22 / 18.02.2026
Novosibirskda ushlab turilgan fuqaro farzandi bilan vatanga qaytarildi
11:05 / 10.11.2025