Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin mudofaaga xarajatlar qisqarishini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, 2018 yilda mudofaaga xarajatlar kamaytiriladi. Biroq davlat rahbarining ta'kidlashicha, bu armiya va flotni qayta jihozlash bo‘yicha rejalarga ta'sir ko‘rsatmaydi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Shuni eslatib o‘tmoqchimanki, keyingi yil uchun byudjyetni jiddiy tejash mudofaaga xarajatlarni kamaytirish hisobidan nazarda tutilmoqda. Bu bizning armiya hamda flotni qayta jihozlash bo‘yicha rejalarimizga bog‘liq bo‘lmaydi. Biz davlat mudofaa buyurtmasini bajaramiz va yangi dasturni ishlab chiqamiz», - dedi Putin «Birdam Rossiya» fraksiyasining Davlat dumasidagi rahbari Vladimir Vasilev bilan amaliy uchrashuvida.
Prezidentning ta'kidlashicha, Davlat dumasida mamlakatning asosiy moliyaviy hujjatini tayyorlash jarayonida paydo bo‘layotgan masalalarni jiddiy ko‘rib chiqish lozim.
«Bu mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiyot, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash, ish haqi darajasi, fuqarolar daromadiga tegishli. Bunga e'tibor qaratishni so‘rayman», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Putin.
Mavzuga oid
09:50
Reuters: Rossiyada yonilg‘i muammosi 50 dan ortiq hududga tarqaldi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026