Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga qarshi chiquvchilar Trump Tower oldida norozilik aksiyasi o‘tkazdilar
Nyu-Yorkda mingdan ko‘proq odam AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli Trump Tower binosi oldida norozilik aksiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun keldilar. Tramp 14 avgust kechki vaqt binoga AQSh prezidenti lavozimiga kirishgandan keyin birinchi marta kelishi kerak edi.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, aksiyaning ba'zi ishtirokchilari qo‘llarida “Trampga impichment e'lon qiling”, “Tramp mening prezidentim emas”, “Adovat va irqchilikka yo‘q” degan yozuvlari bo‘lgan plakatlarni ushlab turishgan. Ko‘plab faollar Trampga qarshi shiorlar aytib, hayqirishgan.
Manxetten markazidagi norozilik namoyishi ortidan o‘nlab politsiyachilar kuzatuv olib borganlar. Bino oldidagi trotuar metall to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilgan.
Ushbu aksiya Sharlotsvilldagi tartibsizliklardan 2 kun keyin o‘tmoqda. Virjiniya shtatidagi bu shaharda millatchilar va ularga qarshi chiquvchilar o‘rtasida ayovsiz to‘qnashuvlar yuz bergandi.
Mavzuga oid
11:03 / 02.12.2025
OAV: Gurjiston namoyishlarni tarqatishda kimyoviy modda qo‘llagan bo‘lishi mumkin
11:46 / 17.11.2025
Filippin poytaxtida yuz minglab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilikka chiqdi
18:59 / 02.11.2025
Tanzaniyada saylovdan keyingi tartibsizliklar: yuzlab odamlar halok bo‘lgani aytilmoqda
09:19 / 08.10.2025