Jahon | 08:03 / 16.08.2017
7941
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda qullikni kuchda qoldirgan sudya haykalini buzib tashlashmoqchi  

Foto: AP

AQShning Merilend shtati gubernatori Larri Xogan 1857 yilda qora tanlilar qulligini kuchda qoldirgan va ularga fuqarolik olish imkonini rad etgan bosh sudya Rojyer Teyniga qo‘yilgan haykalni buzib tashlash taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda The Baltimore Sun nashri xabar bermoqda. Ta'kidlanishicha, bunday taklifni AQSh kongressi quyi palatasi spikeri Maykl Bush bildirgan.

“O‘tmishimizni tan olish bilan tariximizdagi eng qora dog‘larni ulug‘lash o‘rtasidagi farqni aniqlash vaqti keldi. Buni hisobga olib, men Kapitoliy hududidan Teyni haykalini olib tashlash to‘g‘ri bo‘lishiga shubham yo‘q”, deb aytgan gubernator.

Nashrning ta'kidlashicha, AQSh oliy sudining 5-raisi bo‘lgan Teyni Merilendda tug‘ilgan. U qora tanlilar AQShda qul deb tan olingan va fuqarolikka ega bo‘la olmasliklari haqidagi qarorni chiqargani bilan ma'lum.

O‘tgan dam olish kunlari Sharlotsvillda Fuqarolik urushi vaqtida janubliklar (qullikning bekor qilinishiga qarshi chiqqanlar) armiyasiga qo‘mondonlik qilgan general Robert Li haykalini olib tashlash qarori negizida bu qarorga qarshi chiqqan millatchilar va ularga qarshi chiquvchilar o‘rtasida ayovsiz to‘qnashuvlar yuz berdi. 

Shimoliy Karolina shtatining Darem shahrida esa namoyish ishtirokchilari konfederatsiya (qullikni qo‘llab-quvvatlaganlar) qo‘shinlariga qo‘yilgan haykalni ag‘darib tashlashgan.

Mavzuga oid