Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi

O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bundan keyin ham do‘stona munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha ishlarni olib borishga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar ikki davlatning turli sohalardagi hamkorligiga aloqador dolzarb masalalarni muhokama etishdi.
Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini ta'kidlab o‘tdi va Abdulla Aripovning tashrifi “ikki tomonlama munosabatlarni do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik an'analari, o‘zaro manfaatli sheriklik asosida yanada rivojlantirishga yangi turtki berishiga” ishonch bildirdi.
Abdulla Aripov Qirg‘iziston rahbariga Shavkat Mirziyoyevdan salom yetkazdi va mamlakat rahbariyati bundan so‘ng ham davlatlar o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni olib borishga tayyor ekanini xabar qildi.


Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026