Jahon | 18:30 / 16.08.2017
16685
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada terrorchilar uchun asosiy nishon nima ekani aytildi

Foto: TASS

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi transport infratuzilmasi va obektlari xalqaro terrorchilarning asosiy maqsadidir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, transport infratuzilmasi obektlari va transport vositalari xalqaro terrorchilik tashkilotlarining ustuvor maqsadi bo‘lib qolishda davom etmoqda», - degan u.

Avvalroq Putin mudofaaga xarajatlar qisqarishini ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid