Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilişiça, 2018 yilda mudofaaga xarajatlar kamaytiriladi. Biroq davlat rahbarining ta'kidlaşiça, bu armiya va flotni qayta jihozlaş böyiça rejalarga ta'sir körsatmaydi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Şuni eslatib ötmoqçimanki, keyingi yil uçun byudjyetni jiddiy tejaş mudofaaga xarajatlarni kamaytiriş hisobidan nazarda tutilmoqda. Bu bizning armiya hamda flotni qayta jihozlaş böyiça rejalarimizga boğliq bölmaydi. Biz davlat mudofaa buyurtmasini bajaramiz va yangi dasturni işlab çiqamiz», - dedi Putin «Birdam Rossiya» fraksiyasining Davlat dumasidagi rahbari Vladimir Vasilev bilan amaliy uçraşuvida.
Prezidentning ta'kidlaşiça, Davlat dumasida mamlakatning asosiy moliyaviy hujjatini tayyorlaş jarayonida paydo bölayotgan masalalarni jiddiy körib çiqiş lozim.
«Bu mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiyot, iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş, ijtimoiy soha, soğliqni saqlaş, iş haqi darajasi, fuqarolar daromadiga tegişli. Bunga e'tibor qaratişni sörayman», - deya qöşimça qilib ötgan Putin.












