Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya Yevropaning gaz markaziga aylanishi mumkin
Gretsiyaning gaz taqsimlovchi DESFA tarmog‘ini sotib olish borasida jiddiy qiziqish bildirayotgan sarmoyadorlar hamda gazga bo‘lgan ichki talabning ortishi, mamlakat Janubi-Sharqiy Yevropada gaz sohasi markaziga aylanishi mumkin ekanidan darak bermoqda. Bu haqda «Interfaks» Hellenic Republic Asset Development Fund (HRADF) agentligiga asosan xabar qildi.
Aniqlik kiritilishicha, DESFA’ni xarid qilish istagini o‘nga yaqin ehtimoliy xaridorlar bildirgan, ular orasida Avstraliyaning Macquarie banki, Italiyaning Snam, Belgiyaning Fluxys, Niderlandiyaning Gasunie va Ispaniyaning Enagas kompaniyalari ishtirokidagi konsorsium, Qatarning Powerglobe kompaniyasi bor.
«Shuni aytish mumkinki, bunday natija sohadagi yirik o‘yinchilarning mamlakatning tabiiy gaz ichki bozorini liberallashtirish va gaz savdosi bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanish borasidagi sa'y-harakatlariga yuqori ishonch bildirayotganidan darak beradi», - deya xabar berdi Greek Energy Forum konsalting tashkiloti tahlilchisi Darya Nochevnik.
European Policy Center tahliliy markazi xodimi Marko Juliyaning ta'kidlashicha esa, Gretsiya YeIning eng “kuchsiz” mintaqasi bo‘lgan Janubi-Sharqiy Yevropada gaz yetkazib berishni diversifikatsiya qilishga ajoyib imkoniyati bor.
Kredit beruvchilar bilan kelishuv shartlariga ko‘ra, DESFA’ning xususiylashtirilishi joriy yilda yakuniga yetishi lozim.
Mavzuga oid
17:18 / 28.06.2026
Yevropada noodatiy jazirama kuzatilmoqda – suratlar
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:17 / 18.06.2026