Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni haj vaqtiga qatarlik ziyoratchilar uchun chegarasini ochadi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud joriy yilda hajni amalga oshirmoqchi bo‘lgan qatarliklarga Saudiya Arabistoni bilan quruqlikdagi chegarani kesib o‘tish uchun maxsus elektron ruxsatlar talab etilmasligini va ular uchun chegara ochiq bo‘lishini aytdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Bundan tashqari, qirol o‘z hisobidan qatarlik ziyoratchilarni Dohadan samolyotlarda Saudiya Arabistoniga yetkazib qo‘yishga buyruq berdi.
Joriy yilda hajning ado etilishi avgust oxiriga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iyun boshida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr va boshqa bir qator davlatlar Qatarni ularning ichki ishlariga aralashishda va terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzib qo‘yishgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
19:38 / 22.06.2026