O‘zbekiston | 22:40 / 17.08.2017
26165
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifni amalga oshirishi kutilmoqda. 

Kun.uz manbasi ma'lmot berishicha, tashrif doirasida davlat rahbari Bekobod tumaniga boradi.

Tashrif davomida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi va boshqa turli tashkilotlar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda tumanda prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilib, yo‘llar obodonlashtirilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid