Jahon | 20:33 / 18.08.2017
6081
1 daqiqa o‘qiladi

Madridda teraktlarga qarshi guldonlar yordamida kurashiladi

Foto: SS0 Public Domain

Barselonadagi kabi piyodalarga nisbatan sodir etilgan hujumlarning oldini olish maqsadida Ispaniya poytaxti Madridning bir necha piyodalar ko‘chalariga katta guldonlar qo‘yib chiqiladi. Ko‘rinishicha, guldonlar o‘ziga xos to‘siqlar vazifasini bajarib, harakatlanayotgan avtomobillarni to‘xtatib qolish maqsadida qo‘yib chiqiladi. Bundan tashqari, ular an'anaviy to‘siqlardan farqli o‘laroq, shahar manzarasiga putur yetkazmaydi. 

La Vanguardia nashrining yozishicha, katta guldonlar Puerta-del-Sol markaziy maydonining Presiados va Montera ko‘chalari birlashadigan hududda qo‘yib chiqiladi.

17 avgustda Barselonaning Rambla ko‘chasida yuk mashinasi piyodalarni bosib ketdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 137 kishi jarohatlangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid