Fan-texnika | 20:45 / 19.08.2017
30533
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ommabop smartfon ma'lum qilindi

Foto:Gagadget.

Tadqiqotlar olib boruvchi Strategy Analytics kompaniyasi 2017 yilning 2-choragida eng xaridorgir smartfonlar reytingini chop etdi. Bu ro‘yxatda 1- va 2-o‘rinlarni Apple’ning yangi flagman smartfonlari –  iPhone 7 va iPhone 7 Plus egalladi.

Kompaniya mutaxassislarining baholashicha, aprel, may va iyun oylarida Apple deyarli 17 mln dona iPhone 7 va 15 mln donadan ko‘proq iPhone 7 Plus sotgan.

Hammasi bo‘lib Apple 2-chorakda iPhone’ning turli modellaridan 41 mln dona sotgan.

3- va 4-o‘rinlar Apple’ning asosiy raqibi Samsung’ning Galaxy S8 va S8+ smartfonlariga tekkan. Bu smartfonlardan mos ravishda 10,2 va 9 mln donadan sotilgan.

5-o‘rinni Xitoyda ishlab chiqariladigan hamyonbop Xiaomi Redmi 4A egalladi, bu smartfondan 5,5 mln dona sotilgan.  

Samsung Galaxy S8 smartfoni bukilgan ekrani, a'lo darajadagi dasturiy ta'minoti va yaxshi savdo tarmog‘i sababli bir zumda Android’da ishlovchi eng ommaviy smartfonga aylangan.

Mavzuga oid