Işlab çiqaruvçilar cuvning 1 metr çuqurligida iPhone 7 smartfoni 30 daqiqa işlaşiga kafolat berişadi. Lekin bir voqea sabab qurilma 48 soat davomida suvda qolib ketgan bölsayam uning funksiyasiga heç qanday zarar yetmadi.
Bir kuni Dorset (Angliya) qirğoğiga yaqin hududda suzib yurgan ğavvos Keriz Hirzi 30 fut çuqurlikdan miltillayotgan nurga közi tuşdi. U yaqinroq borganida, iPhone7 rusumli smartfonga sms-xabar kelgani ustidan çiqdi. Qurilma şikastlanmagan ham, signalni ham qabul qilişda davom etgan. Şuningdek, uning 84 foiz quvvati saqlanib qolgan.
Digital Trends naşri xabar berişiça, telefonni qayiqda suzib yurgan ikki yigit taşlab yuborgan. 48 soat ötgandayam işlaşda davom etişiga sabab uning himoya qobiği bölgan. Ğavvos suvdan çiqqaç iPhone 7’ning egasi raqamiga qönğiroq qildi. Ma'lum bölişiça, Kanada fuqarosiga tegişli qurilma Angliyaga qarindoşinikiga kelgan paytda dengizga tuşib ketgan.











