iPhone 8 keçagina sotuvga çiqqaniga qaramay, internetda u bilan ötkazilgan öziga xos tajribalar tasvirlangan videoroliklar paydo böldi.
JerryRigEverything taxallusli taniqli bloger yangi smartfonni birinçilardan bölib çidamlilikka tekşirib kördi hamda rolikni YouTube’dagi kanalida joylaştirdi. Yangilik ötgan yilgi iPhone 7’dan ança mustahkam bölib çiqdi.
Jyerri iPhone 8’ni avvaliga tirnalişga qay darajada çidamliligini sinab kördi. Smartfon bu jarayondan muvaffaqiyatli ötdi: uni faqatgina Moosa şkalasi böyiça oltinçi qattiqlik darajasi bölgan asbob bilan tirnaşning uddasidan çiqildi. Oddiy foydalanuvçiga bu şuni anglatadiki, displey uçun kiçik narsalar va kalitlar qörqinçli emas. iPhone 8 dinamiki, kameralari va orqa paneli ham ança mustahkam bölib çiqdi. Yagona minus: asosiy kameraning yoqutli qoplamasi metall börtiqqa ega emas, bu esa unga osonlik bilan ziyon yetkaziş mumkinligini bildiradi.
Umuman olganda, bu yaxşi, ammo juda zör natija emas. Taqqoslaş uçun: Tissot soatlari va HTC U Ultra smartfoni yuqoridagi şkala böyiça sakkizinçi darajaga qadar çidamlidir.
Bundan taşqari, test smartfon ramkasidagi böyoq sifatini körsatib berdi: unga ötkir piçoq yordamida ziyon keltiriş mumkin.
iPhone 8 egiluvçanlik böyiça sinovdan ham yaxşi ötdi. Bloger uni qöllari bilan zarar keltiradigan darajada buka olmadi. Taqqoslaş uçun: iPhone 7 şunday sinovdan öta olmagandi.
Şuningdek, iPhone 8 zajigalka bilan sinovga ham bardoş berdi. Ekrandagi şişa 10 soniya davomida qizdirib turilganida unda qora doğ paydo böldi (biroq qurilma işlaşda davom etgan). Sovutilganidan söng esa doğ butunlay yöqoldi.
Şu bilan birga, ZeroHedge naşrining ta'kidlaşiça, iPhone 8 savdolarining ilk kunida Apple dökonlarida umuman navbatlar bölmagan.
Handful of die hard fans queuing outside Apple’s Regent Street Store, waiting for the #iPhone8 pic.twitter.com/ilADnrtZsH
— Martyn Landi (@MartynLandi) September 22, 2017











