Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning sobiq maslahatchisi AQSh prezidenti uchun "urushga borishga ham tayyor"
Foto: AP
Oq uy ma'muriyatining sobiq bosh strategi Stiven Bennon AQSh prezidenti Donald Trampning raqiblari, xususan OAV bilan ham kurashishga tayyorligini bildirdi. Bennon so‘zlarini Bloomberg agentligi keltirmoqda.
"Agar bu yerda qandaydir tushunmovchilik bo‘lsa, ruxsat bering men tushuntirsam. Men Oq uyni tark etayapman va Tramp uchun uning Kapitoliy tepaligi (Kongress), OAV va korporativ Amerikaga qarshi urushaman", - degan Bennon.
Trampning siyosatiga izoh bergan Bennon The Weekly Standard konservativ nashriga intervyusida davlat rahbari endi ancha ishonchli harakat qiladi. Bundan tashqari, Tramp "iqtisodiy milliylik"ni ilgari suradi. Muhojirlikni cheklab, boshqa tashabbuslarni amalga oshiradi.
Ma'muriyatning sobiq bosh strategi o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish qarorini o‘zi qabul qilganini ta'kidladi.
Mavzuga oid
13:27
“Faqat AQSh himoya qila oladi”: Tramp Grenlandiya masalasini tezlashtirmoqda
12:00
Trampning “Tinchlik kengashi”ga 35 ga yaqin davlat qo‘shilishga rozi
10:13
Putin “Tinchlik kengashi”ga Rossiya aktivlaridan 1 mlrd dollar berishga tayyor
09:42