Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonadagi teraktni tashkil qilishda mahalliy masjid imomi gumon qilinmoqda
Ripol shaharchasidagi 500ga yaqin kishi, asosan marokashliklar qatnovchi masjid imomi Abdulboqiy As-Sattiy Barselonadagi teraktni tashkil qilishda gumon qilinmoqda. Portlovchi moddalar saqlangan binoda taxminan shu kishining qoldiqlari topilgan. El Pais shu haqida xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, As-Satiyning chiqishlari radikal islomga mutlaqo aloqador bo‘lmagan. Biroq ikki oy oldin u kutilmaganda Ripolni tark etgan. Qo‘shnilarining taxmin qilishicha, u Belgiyaga ketgan bo‘lishi mumkin (imom bir necha marta Belgiyada bo‘lgan). Versiyalardan biriga ko‘ra, aynan o‘sha yerda u terrorchilar bilan aloqa o‘rnatgan bo‘lishi va shu tariqa Barselonadagi terakt tashkilotchilardan biriga aylangan bo‘lishi mumkin.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya As-Sattiyning uyida tintuv olib borgan, biroq u yerda teraktga aloqador hech qanday dalil topa olmagan.
Bundan avval El Espanol nashri terrorchilarning dastlab Barselonadagi «Sagrada-Familiya» ibodatxonasiga «Iblisning onasi» portlovchi moddasi yordamida hujum uyushtirmoqchi bo‘lgani haqida yozishgandi. Biroq tasodifiy portlash ularning rejasini o‘zgartirib yuborgan va terrorchilar Rambla ko‘chasida terakt sodir etishgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
13:20 / 15.05.2026