Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh HDK navbatdagi to‘qnashuvdan so‘ng Tinch okeanidagi tadqiqotlarini to‘xtatdi
AQSh Harbiy Dengiz Kuchlari (HDK) Yettinchi floti kemalarining biri ikkinchi marta to‘qnashuv ro‘y berganidan so‘ng tanaffus olishga qaror qildi.
Bugun ertalab AQSh HDKning "Jon MakKeyn" eskadriyali mina tashuvchisi Singapur sharqida tanker bilan to‘qnashdi. Flot matbuot xizmatining xabar berishicha, kemaning old qismiga ziyon yetgan, 10 nafar dengizchi bedarak yo‘qolgan, ekipajning 5 a'zosi jarohat olgan. "Jon MakKeyn" harakatlanish xususiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, jangovorlik xususiyatlarini yo‘qotdi. AQSh prezidenti Donald Tramp voqeani "juda yomon" deya baholadi.
Alni MC kemasiga ham ziyon yetgan, jamoa a'zolaridan hech kim jabrlanmagan. Voqeani o‘rganish ishlari boshlandi. Singapur va Myanma hukumatlari qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini olib borishmoqda.
Bundan avval (17 iyunda) Yaponiyaning Sidzuoka prefekturasi qirg‘og‘i yaqinida AQSh HDKning "Fitsjyerald" eskadriyali mina tashuvchisi va Filippinning ACX Crystal konteyner tashuvchisining to‘qnashuvi qayd etilgan edi. ACX Crystal kapitanining ma'lum qilishicha, mina tashuvchi uning ogohlantiruvchi signallariga parvo qilmagan. Voqea natijasida 7 nafar amerikalik dengizchi halok bo‘lgan. "Fitsjyerald" qisman cho‘kkan. Tergov natijalarining ko‘rsatishicha, Filippin kemasi bilan to‘qnashuv Amerika kemasi ekipajining xatosi tufayli ro‘y bergan. AQSh HDKning ishonchni poymol qilgan deb topilgan uch katta ofitseri ishdan bo‘shatilgan.
Shubhasiz, fuqarolik dengizchilari bu bilan qanoatlanmagan. XXR TIVning rasmiy vakili Xua Chunin bugun Janubi-Xitoy dengizida yuzaga kelgan tashuvchi xavfsizligiga tahdid tufayli xitoy tomonning tashvishda ekanini bildirdi.
Amerikaning Arleigh Burk toifali "Jon MakKeyn" eskadriyali mina tashuvchisi 1992 yilda suvga tushirilgan bo‘lib, u taraqqiy etgan raketa tizimi, Aegis boshqaruv tizimiga ega. Kema ekipaji 337 kishidan iborat va tankerning yaqinlashishi hech kimni xavotirga solmagani aqlga sig‘maydi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026