Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashqlarni boshlamoqda
AQSh va Janubiy Koreya dushanba, 21 avgust kuni Ulchi Freedom Guardian qo‘shma harbiy mashqlarni boshlaydi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Mashqlar kamida 31 avgustga qadar davom etadi. Ta'kidlanishicha, ular har yili quruqlikda, dengizda va havoda o‘tkaziladi, bu esa Pxenyanning salbiy munosabatini keltirib chiqarmoqda.
KXDRdagilarning ishonch bildirishicha, bu mashqlar o‘z hududlariga qurolli tarzda bostirib kirishga tayyorgarlikdan boshqa narsa emas. O‘z navbatida, Vashington va Seul mashqlar mudofaa ko‘rinishiga ega ekani hamda KXDRni «bosib turishda» muhim o‘rin tutishini iddao etmoqda.
AQSh mashqlarda taxminan 40 ming harbiy xizmatchidan foydalanmoqchi.
Avvalroq KXDR AQSh va Janubiy Koreyaning qo‘shma mashqini olovga moy quyish, deb atagandi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026