Jahon | 19:56 / 21.08.2017
3859
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda tamaki, gazli va energetik ichimliklar savdosiga soliq kiritildi

Birlashgan Arab Amirliklarida tamaki, gazli va energetik ichimliklar savdosiga taalluqli yangi soliq kiritildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Tegishli hujjat BAA prezidenti Xalifa bin Zoid al-Nahayon tomondan imzolangan. 

Ma'lum bo‘lishicha, tamaki mahsulotlari va energetik ichimliklar savdosidan olinadigan soliq 100 foizni, gazli ichimliklardan esa 50 foizni tashkil qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid