Jahon | 12:55 / 21.08.2017
12558
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Barselonada terakt uyushtirgan haydovchining shaxsi aniqlandi

Kataloniya politsiyasi Barselonada markazida piyodalar ustiga mikroavtobusni haydab borgan haydovchining shaxsini aniqladi. Bu haqda politsiyaning tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

«Barselonadagi hujumda foydalanilgan mikroavtobus haydovchisining shaxsi aniqlandi», - deyiladi xabarda.

Reuters’ning xabar qilishicha, gumonlanuvchi – 22 yoshli marokashlik Yunus Abuyoqub.

Uni qidirish ishlari butun Yevropa bo‘ylab olib borilmoqda.

Avvalroq Ispaniyada Barselonaga yana bir hujum uyushtirish uchun tayyorlab qo‘yilgan 120 ta gaz balloni topilgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid