Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy xorijiy investitsiyalarga cheklov joriy qildi
Xitoy mahalliy kompaniyalarning xorijiy investitsiyalariga cheklov kiritishga qaror qildi hamda hukumat tomonidan tasdiqlanuvchi va tasdiqlanmaydigan sarmoyalar ro‘yxatini tuzib chiqdi. CNBC shu haqida xabar berdi.
Yangi qoidalarga muvofiq, harbiy texnologiyalarga kiritiluvchi investitsiyalar, shuningdek Xitoy milliy xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadigan barcha jabhalarga kiritiluvchi sarmoyalar taqiqlanadi. Ko‘chmas mulk, mehmonxona biznesi, sport va ko‘ngilochar sohalarga mablag‘ kiritishga ruxsat berilgan bo‘lishiga qaramay, ularga ham muayyan cheklovlar joriy qilinadi.
Ta'kidlanishicha, Xitoy hukumati mamlakatdan chiqayotgan kapital oqimini to‘xtatish maqsadida shunday choralar qo‘llashga qaror qilgan. O‘tgan yili - xorijiy investitsiyalarga doir qoidalar yumshaganidan keyin - xitoy kompaniyalari xorijga 200 milliard dollar sarmoya kiritgandi, bu esa yuanga bosimni kuchaytirgan.
Ta'kidlash joizki, "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarga sarmoya kiritayotgan kompaniyalarning xorijiy investitsiyalar kiritishi Xitoy hukumati tomonidan to‘liq tasdiqlanadi. Bundan tashqari, Pekin energiya resurslari va qishloq xo‘jaligi razvedkasini investitsiyalashni rag‘batlantiradi.
"Bu choralar yangi hisoblanmaydi, zero ko‘chmas mulk, mehmonxona biznesi va qimor o‘yinlariga xorijiy investitsiyalar hech qachon Xitoy hukumati tomonidan ochiqchasiga rag‘batlantirilmagan", - dedi tahlilchi Vinsent Chan Credit Suisse mijozlariga yozgan xatida.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026