Lavrov AQShning rossiyaliklarga viza berishni cheklashiga izoh berdi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Amerika fuqarolarining Rossiya vizalarini olishini murakkablashtirmaslikka va'da berdi. U Vashingtonning shunday qadamlariga qarshi ayni javob choralari ko‘rilmasligi haqida matbuot anjumanida bayonot berdi.
"Bizning javob choralarimizga to‘xtalsak, avval aytganimdek, amerikaliklar e'lon qilgan qarorni batafsil o‘rganib chiqish kerak. Ko‘ramiz, ammo bir narsani ayta olaman: biz g‘azabimizni Amerika fuqarolariga sochmaymiz. Ya'ni, kimdir bu aks ta'sir etishiga ishongan bo‘lsa, katta xato qilibdi", — degan Lavrov.
Uning fikricha, Amerika hukumatining qarori rossiyalik fuqarolarning o‘z hukumatiga norozilik kayfiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
"Bu mantiq hammaga ma'lum — bu rangli inqiloblar tashkil etuvchilar mantig‘i va bu aniq Obama ma'muriyatining inersiyasi", — deb qo‘shimcha qilgan TIV rahbari.
Lavrovning yodga olishicha, 2016 yil oxirida Amerika tomoni bir guruh rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborib, "xalqaro me'yorlarga zid ravishda Rossiya mulkini tortib oldi". Rossiya AQShning bu qadamiga o‘sha vaqtda javob bermadi, aksincha, Kongress keng qamrovli sanksiyalar qabul qilganidan so‘ng, javob choralarini qo‘lladi.
Mavzuga oid
00:38
AQSh Maxfiy xizmati «jiddiy kamchiliklarga» ega - mustaqil komissiya xulosasi
14:48 / 17.10.2024
Bolalikda videoo‘yin o‘ynaganlar ulg‘ayganda ko‘proq daromad topadi - tadqiqot
15:43 / 16.10.2024
AQSh Isroilga yordamni qisqartirish bilan tahdid qildi
08:40 / 16.10.2024