Zelenskiyning rasmiy saytida e’lon qilingan murojaatda Ukraina rahbari Rossiya prezidentiga muzokaralar uchun aniq sana belgilashni taklif etgan.

Uning ta’kidlashicha, Shveytsariya, Turkiya va arab davlatlari kabi mamlakatlar bunday uchrashuvga mezbonlik qilishga tayyor. Zelenskiyning fikricha, urush va tinchlik bilan bog‘liq asosiy qarorlar davlat rahbarlari darajasida qabul qilinadi.

Ukraina prezidenti muzokaralarga Yevropaning ayrim davlatlari ham qo‘shilishi mumkinligini bildirib, xavfsizlik kafolatlari masalasi muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

Murojaatda Zelenskiy Rossiyada urushga nisbatan charchoq kuchayib borayotganini ta’kidlab, harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan.

Shu bilan birga, u Rossiya rahbarini mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaslikka chaqirdi.