Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makka shahridagi mehmonxonalardan birida yong‘in chiqdi
Foto: arabnews.com
Makka shahridagi mehmonxonalardan birida yong‘in chiqqandan keyin Turkiya va Yamandan tashrif buyurgan 600 nafarga yaqin ziyoratchi muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Bu haqida shaharning Bosh fuqarolik mudofaa boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, "Ajil" yangiliklar portali xabar berdi.
Voqea yakshanba kuni kechqurun ro‘y bergan. Idora rasmiy vakili Naif Ash-Sharifning ma'lum qilishicha, 15 qavatli binoning sakkizinchi qavatidagi konditsioner tizimi nosozligi natijasida yong‘in chiqqan.
"Mehmonxonaning barcha mehmonlari har ehtimolga qarshi evakuatsiya qilindi, olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi, jabrlanganlar yo‘q", - dedi Ash-Sharif. Uning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonadagi barcha ziyoratchilar o‘z xonasiga qaytgan. Maxsus komissiya yong‘inning kelib chiqish sabablarini o‘rganishni boshladi.
Muqaddas Haj amalini bajarish uchun Makkaga butun dunyodan ziyoratchilar kelmoqda. Bu yil Haj amallari 30 avgustdan 4 sentabrgacha ado etiladi. Favqulodda yuqori harorat ko‘pincha kuchli yong‘inlarni keltirib chiqaradi.

Mavzuga oid
08:34
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026
Yashnobodda ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi
09:11 / 05.02.2026
Olmazor tumanida “Gazel” avtomobili yonib ketdi
22:01 / 02.02.2026