Jahon | 10:45 / 21.08.2017
9817
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Rossiya Markaziy Osiyodagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda, bu yerda Afg‘onistondagi qurolli ixtilof tufayli beqaror vaziyat saqlanib qolmoqda, deb xabar berdi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy mahkamaning juma kuni bo‘lib o‘tgan kollegiya yig‘ilishi davomida.

"Markaziy Osiyodagi vaziyat beqaror bo‘lib qolmoqda. Afg‘onistonda hukumat kuch tuzilmalari va “Tolibon” jangarilari o‘rtasida qurolli mojaro davom etmoqda", - deya ma'lum qildi Shoygu.

Uning ta'kidlashicha, Markaziy harbiy okrug javobgarligi zonasida bo‘lgan Markaziy Osiyo strategik yo‘nalishi, bugungi kunda eng muhimlaridan biri bo‘lib turibdi.

"Harbiy okrug qo‘mondonligi Markaziy Osiyo davlatlari qurolli kuchlari bilan qo‘shma amaliy tadbirlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda, bu Rossiyaning ushbu mintaqadagi pozitsiyasining mustahkamlanishiga imkon bermoqda", - deya ta'kidlab o‘tgan vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilning ikkinchi yarim yilligiga Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston qurolli kuchlari bo‘linmalari bilan tezkor va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid