Jahon | 16:40 / 22.08.2017
8476
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus Rossiyaga qarzini to‘lash uchun Rossiyadan qarz oladi

Rossiya hukumati Belarusga 700 mln dollar miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi. Bu haqda huquqiy ma'lumotlar internet-portaliga joylashtirilgan farmoyishda so‘z yuritilgan

Hujjatda aniqlik kiritilishicha, Belarusga pul mablag‘lari «Belarusning Rossiya oldidagi qarzini yopish va 2017 yildagi majburiyatlarini bajarishi uchun ajratilmoqda».

Shuningdek, ta'kidlanishicha, Belarus tomoni bilan muzokaralar o‘tkazish va tegishli kelishuvni imzolash vazifasi TIV va Moliya vazirligiga yuklangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid