Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 1 kilogrammdan ortiq marixuana moddasi daliliy ashyo sifatida olindi
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, ishlamaydigan, muqaddam sudlangan, 1974 yilda tug‘ilgan A.T.ning uyi tekshirilganida, inshootning turli joylariga yashirib qo‘yilgan jami 1 kg. 39 gr. marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026