Jahon | 17:59 / 22.08.2017
5396
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Barselonadagi terakt ijrochisi hujumdan 4 kun avval Parijga borgan

Foto: AFP

Barselona markazida kishilar ustiga mikroavtobusni haydab borgan Yunus Abu Yoqub va uning hamtovog‘i hujumdan bir necha kun avval Parijda bo‘lishgan, deb xabar qilmoqda BFMTV.

Xabarga ko‘ra, terrorchilar 12 va 13 avgust kunlari Parijga Audi A3 avtomobilida kelishgan. Ushbu transport vositasidan Kambrilsadagi teraktni amalga oshirishda ham foydalanilgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, erkaklar Parij yaqinidagi mehmonxonada bir kechaga to‘xtashgan, so‘ng Fransiya poytaxtiga ketishgan va u yerda xaridlarni amalga oshirishgan. Shundan keyin ular Ispaniyaga qaytib kelgan.

Avvalroq politsiya Barselona terakti ijrochisi yo‘q qilinganini tasdiqlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid