Jahon | 08:24 / 23.08.2017
5151
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning yangi qo‘shinlari Afg‘onistonga tez orada yetib kelishi mumkin 

Foto: Flickr

AQSh qo‘shimcha harbiylarining ilk guruhi Afg‘onistonga tez orada yetib kelishi mumkin, deb ma'lum qildi AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i Jozef Votel. 

Votelning aytishicha, harbiylar bir necha kun yoki haftalar ichida yuborilishi mumkin. “Hozirda biz uchun eng asosiysi – hozirgi jangovar mavsumga ta'sir qila olish uchun ba'zi imkoniyatlarni qo‘lga kiritishdir”, deb aytgan Votel.

Avvalroq Pentagon rahbari general Jyeyms Mettis qaror qabul qilish uchun shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘idan Afg‘onistonga aynan qancha qo‘shin yuborish borasidagi harakatlar rejasini kutayotganini aytgandi. U qo‘shinlar soni muhokama qilinayotgan raqamlardan farq qilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarning Afg‘onistondagi vakolatlari bu mamlakatda terrorchilarga qarshi kurash uchun kengaytirilishini aytgandi. U, shuningdek, AQShning terrorchilarga qarshi kurashga jalb qilingan qo‘shinlari soni va umuman harbiy rejalari haqida boshqa hech narsa ma'lum qilmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid