Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Di Mariyani «Barselona»ga sotish narxini ma'lum qildi
«PSJ» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya hamon «Barselona»ga o‘tishi mumkin bo‘lib turibdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi kataloniyaliklar klubiga o‘tishga yaqin turibdi. «PSJ» futbolchini 50 million yevro evaziga sotishi mumkinligini ma'lum qilgan. «Barselona»ning Di Mariyaga qiziqishi «Liverpul» va «Borussiya» bilan mos ravishda Filippe Koutino va Usmon Dembele bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgach, paydo bo‘lgan.
Di Mariyaning o‘zi «Barselona» bilan 4 yillik shartnoma imzolashga kelishib olgan. «PSJ» «Barselona» bilan aloqalari yomon bo‘lishiga qaramasdan, moliyaviy feyr-pley qoidalariga moslashish uchun argentinalik futbolchini sotishga tayyor bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Le Parisien bergan xabarga ko‘ra, Nosir al-Xalayfiy Jozep Bartomeu bilan suhbatda Di Mariyani sotmasligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
11:26 / 03.05.2026
«Arsenal»da yirik g‘alaba, «Barsa» bugun chempion bo‘lishi mumkin
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
12:33 / 26.04.2026