Jahon | 09:43 / 23.08.2017
8791
1 daqiqa o‘qiladi

Tillerson Rossiyani toliblarga qurol yetkazib berishda aybladi

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Rossiyani “Tolibon” radikal harakatiga qurol-yarog‘ yetkazib berishda aybladi. Videoyozuv Davlat departamentining saytida e'lon qilindi.

“Rossiya “Tolibon”ga qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda, bu esa BMT Xavfsizlik Kengashi normalarining buzilishi sanaladi. Biz bunga qarshimiz va Rossiya tomonini ushbu masalaga e'tibor qaratishga chaqiramiz”, - dedi u.

Avvalroq Tillerson AQSh Kobul va toliblar o‘rtasida dastlabki shartlarsiz muzokaralar o‘tkazilishi tarafdori ekani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid