AQŞ Afğoniston hukumati va "Tolibon" radikal harakati örtasida dastlabki şartlarsiz muzokaralar boşlanişiga kömak berişni xohlayapti. AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson şunday bayonot berdi. 

"Biz Afğon hukumati va "Tolibon" harakati örtasida dastlabki şartlarsiz muzokaralarni qöllab-quvvatlaşga tayyormiz", — degan Tillerson. Uning sözlari jurnalistlar uçun tarqatilgan bayonotda qayd etilgan. 

"Biz toliblarga jang maydonida ğalaba qozona olmasliklarini tuşuntirmoqçimiz. "Tolibon"ning tinçlik va qonuniy maqom uçun yöli muzokaralar vositasidagi siyosiy barham beriş orqali ötadi", — deb qöşimça qilgan davlat kotibi.

Tillerson sözlariga köra, AQŞ xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, Afğoniston bilan qöşni mamlakatlar Vaşington sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini va tinçlikni örnatişda iştirok etişini xohlaydi.