Sport | 08:24 / 24.08.2017
11493
5 daqiqa o‘qiladi

Angliyada tarixiy natija. YeChL guruh bosqichi barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

Foto: Twitter/@liverpool

Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi saralash bosqichi pley-off raundining yana beshta uchrashuv o‘tkazildi va guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Angliyada «Liverpul» «Hoffenhaym»ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va premer-ligadan YeChL guruh bosqichida ishtirok etadigan beshinchi jamoa bo‘ldi. Bu Angliya futboli tarixidagi yangi natija bo‘ldi. Sababi YeChL guruh bosqichida ilk marta APLning beshta jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir tarixiy natijani Ozarboyjon jamoasi qayd etdi. «Kopenhagen» mehmoni bo‘lgan «Qorabog‘» jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishiga qaramay, o‘z uyidagi 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu Ozarboyjon jamoasining YeChL guruh bosqichiga ilk marta yo‘l olishi bo‘ldi.

Bundan tashqari Portugaliyaning «Sporting» klubi mehmonda «Styaua» yirik hisobda yengib, vazifani uddalagan bo‘lsa, TsSKA «Yang Boyz»ni bu safar ham mag‘lub etib, ketma-ket beshinchi mavsum guruh bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi. Kiprning APOEL jamoasi esa mehmonda durang o‘ynadi va o‘z uyidagi g‘alaba evaziga guruh bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.

Shu bilan YeChLning guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoa nomi aniq bo‘ldi. 24 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

YeChL, Pley-off raundi
Javob uchrashuvlari

Liverpul (Angliya) – Hoffenhaym-1899 (Germaniya) 4:2 (3:1)
Gollar:
 Chan (10, 21), Saloh (18), Firmino (63)  –  Ut (28), Vagner (79).
Liverpul: Minole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold (Gomes, 65), Lovren, Firmino, Veynaldum, Saloh, Chan (Milner, 70), Mane (Klavan, 88), Henderson.
Hoffenhaym-1899: Baumann, Fogt, Hyubner, Kaderjabek (Tolyan, 64), Gayger, Tsuber, Demirbay, Nordtveyt (Ut, 24), Gnabri (Salai, 56), Kramarich, Vagner.
Ogohlantirishlar: Gayger (30), Kaderjabek (37), Xenderson (45), Fogt (51), Xyubner (90).
Dastlabki uchrashuv: 2:1

Styaua (Ruminiya) – Sporting (Portugaliya) 1:5 (1:1)
Gollar:
 Junior (20) – Dumbiya (13), Akunya (59), Jyelson Martinsh (64), Dost (75), Battalya (88).
Styaua: Nitse, Popesku, Momchilovich, Junior, Enake, Lariye, Filipe Teysheyra, Filip, Budesku (Tenase, 46), Golofka (Gnoere, 62), Alibek (Man, 81).
Sporting: Ruy Patrisiu, Koates, Koentrau, Pichchini, Mate, Akunya, Battalya, Fernandesh, Adriyen Silva (Petrovich, 72), Jyelson Martinsh (Bruno Sezar, 80), Dumbiya (Dost, 59).
Ogohlantirishlar: Fernandesh (35), Popesku (35), Filip (41).
Dastlabki uchrashuv: 0:0

Kopenhagen (Daniya) – Qorabog‘ (Ozarboyjon) 2:1 (1:0)
Gollar:
 Santander (45) Pavlovich (66) – Ndlovu (63).
Kopenhagen: Olsen, Lyuftner, Bengtsson, Ankersen, Boylesen, Kusk (Amankvo, 68), Gregush, Kvist (Tutu, 79), Verbich, Pavlovich, Santander (Soteriu, 70).
Qorabog‘: Shexich, Jyeznichak, Agoli, Medvedev, Guseynov, Rishard (Yunuszoda, 90), Garayev, Michel, Gere (Ismailov, 12; Sadig‘ov, 80), Madatov, Ndlovu.
Ogohlantirishlar: Lyuftner (4), Michel (44), Jyeznichak (75), Ankersen (77), Tutu (86).
Dastlabki uchrashuv: 0:1

TsSKA (Rossiya) – Yang Boyz (Shveytsariya) 2:0 (1:0)
Gollar:
 SHCHennikov (45), Dzagoyev (64).
TsSKA: Akinfeyev, Berezutskiy, Berezutskiy, SHCHennikov, Vasin, Dzagoyev (Natxo, 68), Golovin, Vernblum, Fernandes, Vitino, Chalov (Jamaletdinov, 74).
Yang Boyz: fon Ballmos, Nuxu, fon Bergen, Mbabu, Benito (Lotomba, 74), Bertone, Suleymani, Rave (Fassnaxt, 73), Sanogo, Assale, Nsame.
Ogohlantirishlar: Dzagoyev (48), Assale (50), Berezutskiy (59), Nuxu (79).
Dastlabki uchrashuv: 1:0

Slaviya (Chexiya) – APOEL (Kipr) 0:0
Slaviya:
 Lashtuvka, Ngade-Ngadjui, Yugas, Fridrix, Gushbauer, Souchek, Rotan (Meshanovich, 60), Danni (Sikora, 71), Stox (Zmrgal, 46), van Buren, Borjil.
APOEL: Vaterman, Rueda, Lago, Milanov, Karlao, Efrem (Bertolo, 46), Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis (Farias, 76), Ebesilio (Merkis, 82), de Kamargo.
Ogohlantirishlar: Gushbauer (19), Vinisius (21), de Kamargo (39), Meshanovich (61), Souchek (80).
Dastlabki uchrashuv: 0:2.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid