Jahon | 13:26 / 24.08.2017
12861
3 daqiqa o‘qiladi

Ikki viloyatda hokimning turizm bo‘yicha o‘rinbosarlari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki viloyatda hokimning turizm bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Botir Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Temur Davletov Xorazm viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Quyidagilar viloyat hokimlariining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari asosiy vazifalari etib belgilangan:

•  hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;
•  chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
•  sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;
•  turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;
•  qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros obektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an'analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;
•  turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
•  turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mas'ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
•  turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish.

Mavzuga oid