Xabarga ko‘ra, Botir Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Temur Davletov Xorazm viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Quyidagilar viloyat hokimlariining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari asosiy vazifalari etib belgilangan:

•  hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilash;
•  chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshirish;
•  sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash, sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqish va kelgusi rejalarni belgilash;
•  turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish;
•  qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqish, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros obektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an'analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil etish;
•  turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
•  turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha mas'ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy boshqarmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
•  turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etish, xorijiy turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘rish.