Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kimlarga ilgari ishlatilgan asbob-uskunalarni eksport qilishga ruxsat beriladi?
Vazirlar Mahkamasining 17.08.2017 yildagi 642-son qarori bilan Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Ilgari ishlatilgan, tayyorlangan vaqtidan buyon kamida 5 yil o‘tgan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarni eksport qilishga ruxsat beriladi. Buning uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
• eksport qilinayotgan tovarlarga ichki bozorda ehtiyojning mavjud emasligi;
• tovarni eksport qilish qiymatining baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilganiga muvofiqligi. Bunda tovarning eksport qiymati baholash to‘g‘risidagi hisobotga muvofiq xalqaro bozorda eksport qilinayotgan tovar tarkibida mavjud bo‘lgan metall parchalari uchun belgilangan qiymatdan past bo‘lmasligi kerak.
Ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar to‘plamini tayyorlash zarur:
• tasdiqlangan shakl bo‘yicha ariza;
• eksport qilinayotgan tovarni baholash to‘g‘risida hisobot;
• TIF TNga muvofiq tasniflash bo‘yicha eksport xulosasi;
• eksport qilinayotgan tovarning tayyorlangan sanasini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatlar Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga topshiriladi. Ularni ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Ariza beruvchi barcha talablarga muvofiq kelgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi ko‘rinishida ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. Quyidagi hollarda ruxsatnoma berishni rad etishlari mumkin:
• zarur hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
• ariza beruvchining ruxsatnoma berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
• taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma'lumotlarning mavjudligi.
Ta'riflangan tartib ilgari ishlatilgan quyidagi mashinalar, asbob-uskunalar va mexanizmlarga tatbiq etilmaydi:
• tayyorlangan kunidan boshlab 5 yil yoki undan ko‘p vaqt o‘tgan;
• ilgari xorijiy yuridik shaxslar tomonidan bepul keltirilgan, «erkin muomalada bo‘lishi (import) uchun ishlab chiqarilgan» bojxona rejimida rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
16:36 / 29.05.2026