Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada bir kunda bir oylik me'yorning 1/3 miqdorida yomg‘ir yog‘di
Chorshanba kechqurun (23 avgust) va payshanba tunida Rossiya poytaxti Moskva shahridagi VDNX ko‘rgazmasi hududidagi meteostansiya 22 mmli yog‘ingarchilikni qayd etdi. Bu haqda "Interfaks" agentligi Moskva meteobyurosiga asoslanib xabar qilmoqda.
"Avgust oyi uchun yog‘ingarchilik me'yori 77 mm bo‘lgani holda VDNX meteostansiyasi 22 mm li kuchli jalani qayd etdi. Bu ko‘p yillik oylik me'yorning 29 foizidir", - degan agentlik suhbatdoshi.
Bunda Tushinoda so‘nggi 12 soatda 20 mm yomg‘ir yoqqan, Moskva markazida bu raqam 25 mmga yetgan.
Sinoptiklar payshanba (24 avgust) kunining ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik qayta boshlanishi haqida xabar qilishmoqda. Biroq bu safar kuchli jala quyishi kuzatilmaydi.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026