Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ot aravaga katta miqdordagi marixuana yashirgan shaxs qo‘lga tushdi

21 avgust kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi «Nazarbek» blokpostida ichki ishlar organlari xodimlari Hojiakbar Rixsiyev boshqarib ketayotgan ot aravani to‘xtatishdi.
IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, aravada sotish uchun mo‘ljallangan 5,6 kg marixuana borligi aniqlandi va olib qo‘yildi.

Uchtepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddalarida (katta miqdordagi narkotik moddalarni noqonuniy sotishga urinish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:22 / 14.11.2025
Qashqadaryoda fuqaroning uyidan 20 kilodan ortiq marixuana musodara qilindi
07:50 / 25.01.2025
5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
09:30 / 18.06.2024
Merilendda giyohvand modda uchun sudlangan 100 ming kishi afv etildi
17:58 / 08.01.2024