Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamentidagi hukmron koalitsiya bosh vazirlikka nomzod ko‘rsatdi
Foto: Daniiar / Wikipedia
Qirg‘iziston prezidenti devonining rahbari Sapar Isoqov parlamentdagi koalitsion ko‘pchilikdan bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Isoqov koalitsiya yig‘ilishi davomida Milliy bank rahbari To‘lqinbek Abdigulovga bosh vazir o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi rahbari Temir Jumaqodirovga – kuch blokiga javob beruvchi bosh vazir o‘rinbosari, Davlat energiya kompaniyasi rahbari Duyshenbek Zilaliyevga – iqtisodiy masalalar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimini taklif qildi. Shuningdek, mamlakat prezidenti devonining moliyaviy-iqtisodiy tahlil va rivojlanishni monitoring qilish bo‘yicha rahbar Artyom Novikovga iqtisodiyot vazirligi rahbari lavozimi taklif etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev va IIV rahbari Ulan Isroilov o‘z lavozimini saqlab qoladi.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyurishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:24 / 29.04.2026
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
15:22 / 16.04.2026