Sport | 10:15 / 25.08.2017
16047
1 daqiqa o‘qiladi

«Man Siti» sport direktori Messi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Foto: Twitter/@barcelona

«Manchester Siti» klubining sport direktori Chiki Begiristayn «shaharliklar» «Barselona» hujumchisi Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

«Qo‘ysangizchi, bu imkonsiz. Messi «Barselona»da qoladi. Biz transfer oynasi yopilgunga qadar nimanidir qilishga harakat qilib ko‘rishimiz mumkin, biroq hozir barchasidan ko‘nglimiz to‘q. Agarda yaqin kunlarda nimadir ro‘y bersa, bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Agarda biz tarkibni kuchaytirish uchun yaxshi imkoniyat bor, deb hisoblasak, buni amalga oshiramiz. Biroq qaytaraman – hozir barchasidan ko‘nglimiz to‘q», - deya Begiristaynning so‘zlarini keltiradi Goal.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid