O‘zbekiston | 13:07 / 26.08.2017
57410
2 daqiqa o‘qiladi

10-sinf uchun 12 fandan yangi darsliklar tayyorlandi

Joriy yilda umumta'lim maktablarining 1-sinfiga qadam qo‘yadigan bolalar uchun o‘quv darsliklari 7 tilda tayyorlanib, ta'lim muassasalariga yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov KUN.UZ’ga ma'lum qildi.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, birinchi sinfda o‘qishni boshlaydigan o‘quvchilarning har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari va o‘quvchilik portfeli tayyorlab qo‘yilgan. 1-sinfga kelayotgan o‘quvchilar har yili yangidan nashr etiladigan 12 nomdagi darsliklar bilan ham ta'minlanadi. 

Yangi o‘quv yilidan boshlab, umumta'lim maktablarida o‘quvchilar 10 sinflarda o‘qishni davom ettirishadi. Ularning ta'lim olishi uchun 10 sinfning 12 fani bo‘yicha tuzilgan yangi o‘quv reja va dasturlar asosida darsliklar tayyorlangan.  

Qolaversa, farzandi maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan ota-onalarga davlat byudjyeti hisobidan 7 turdagi kitoblar beriladi. Ota-onalar bu kitoblar orqali farzandlarini maktabga mustaqil o‘zlari tayyorlashadi.

Mavzuga oid