Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bukinghem saroyi yaqinidagi hujum bo‘yicha tergov ishlari boshlandi
London politsiyasining terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi Bukinghem saroyi yaqinida sodir etilgan hujum bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda politsiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 25 avgust kuni erkak kishi avtomobilini saroy yonidagi taqiqlangan joyga to‘xtatgan. Politsiyachilar mashina salonida kesuvchi moslamali qurolni ko‘rishgan va haydovchini ushlash choralarini ko‘rishgan.
Bukingem saroyi yonida politsiyachilarga machete bilan hujum qilindi
«Ushlash chog‘ida ikki politsiyachi unchalik jiddiy bo‘lmagan jarohat olgan», — deyiladi London politsiyasi xabarida.
Ayni vaqtda g‘arazgo‘y qamoqda saqlanmoqda. Politsiyachilar uni so‘roq qilishmoqda.
Mavzuga oid
16:41
Londonda birinchi marta Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda
09:44 / 24.02.2026
Lord Mandelson hibsdan so‘ng garov evaziga ozod qilindi
13:22 / 20.02.2026
O‘zbekistonning shahar va tuman hokimlari Londonda malaka oshiradi
14:09 / 17.02.2026