Davlat don inspeksiyasida Yoshlar ittifoqining yetakchilar kengashi raisi tayinlandi
2017 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda Davlat don inspeksiyasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Yig‘ilish davomida Davlat don inspeksiyasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yetakchilar Kengashi raisi tayinlandi. Ushbu lavozimga Toshkent viloyati va Toshkent shahri yetakchi inspektori Dilmurod Ubaydullayev nomzodi yoshlar tomonidan loyiq, deb topildi.
Mavzuga oid
12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi
18:15 / 08.11.2021
Yoshlar ittifoqi hududiy sektor yoshlari va rahbarlari ishtirokida kitobxonlik tanlovi o‘tkazadi
16:00 / 19.04.2021
Yoshlar ittifoqi rahbariyatida lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi
08:09 / 07.04.2021